Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir ayol duduqlangan bolani sökiniş va qörqitiş usulida davolayotgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan örganilmoqda. Aniqlanişiça, uşbu video tasvirdagi holat yakka tartibdagi tadbirkor, pedagog bölib faoliyat yurituvçi J.D. tomonidan 2023 yilning dekabr oyida Jizzax şahrida ötkazilgan seminar davomida olingan.

Hozirda uşbu holat böyiça Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Tekşiruv harakatlari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, natijasiga köra qonuniy qaror qabul qilinişi yuzasidan qöşimça ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.