Namangan viloyatidagi tungi klublarda birida ikki yigitning janjali ölim bilan yakun topgan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.

Hodisa bugun, 2024 yil 7 yanvar kuni soat 5:00 lar atrofida Uyçi tumanidagi Mustaqillik istirohat boği içida joylaşgan tungi klubda sodir bölgan.

Uyçi tumani, “Qörğonça” MFY hududida joylaşgan “Night Korol” nomli tungi klubda, 2002 yilda tuğilgan S.M., tanişi 1996 yilda tuğilgan M.A. bilan janjallaşib qolgan va qöli bilan uni yuz sohasiga urgan.

M.A. yiqilgaç oyoği bilan ikki marotaba boş qismiga tepib, oğir tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yaşiringan.

27 yoşli M.A. fuqaro S.A., tomonidan tuman markaziy şifoxonasiga olib kelingan. Tez-tibbiy yordam körsatilişiga qaramasdan, u şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Uyçi tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan fuqaro S.M.ga nisbatan jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.