2024 yil 1 yanvar holatiga, yuqori sifatli (AI-95) 1 litr benzinning global miqyosdagi örtaça narxi 16 028 sömni taşkil etadi. Bu haqda Globalpetrolprices saytida ma’lumot berilgan.

Dunyo böyiça eng arzon benzin Eron (taqriban 354 söm), Liviya (388 söm) va Venesuelada (433 söm) qayd etilgan.

Eng qimmat narxlar esa Xitoyning maxsus ma’muriy hududi bölmiş Honkongda (38 371 söm), şuningdek, Monako (29 110 söm) va Islandiyada (28 764 söm).

Manbaga köra, MDH davlatlarida yuqori sifatli benzin narxlari quyidagiça:

  • Turkmaniston – 5397 söm;
  • Qozoğiston – 6605 söm;
  • Ozarboyjon – 7278 söm;
  • Rossiya – 7631 söm;
  • Belarus– 8819 söm;
  • Qirğiziston – 9916 söm;
  • Özbekiston – 13 838 söm;
  • Moldova – 16 401 söm.

Narxlar soliştirilganda köriş mumkinki, Özbekistonda benzin narxi Turkmanistonga nisbatan 2,5 barobarga, Qozoğistonga nisbatan 2,1 barobarga qimmatroq. Tojikistondagi narxlar böyiça ma’lumotlar berilmagan.

Şuningdek, 1 litr AI-95 benzin narxi AQŞda – 11 267 sömni, Afğonistonda – 13 104 sömni, Xitoyda – 14 174 sömni, Turkiyada – 14 459 ming sömni taşkil etadi.

Özbekiston rasmiy statistikasiga köra, mamlakatda 2023 yili benzin 19 foizga qimmatlaşgan; propan narxi 29 foizga, metan narxi 22 foizga oşgan.