Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida uch tumandagi iste’molchilar elektr ta’minotidan qisman uzildi
Uchko‘prik, Bog‘dod va Buvaydadagi iste’molchilar (4 900 ta) elektr ta’minotidan qisman uzilgan.
Bugun, 9 yanvar kuni soat 10:59 da Farg‘ona viloyatidagi 110 kVli «L-Charxiy-2» elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Uchko‘prik, Bog‘dod va Buvayda tumanlari iste’molchilari qisman (4 900 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu nosozlik soat 16:00 ga qadar to‘liq bartaraf qilinishi aytilgan.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026