8 yanvar kuni AQŞ Florida ştatidagi Kanaveral burni kosmodromidan Peregrine qönuvçisini öz içiga olgan Vulcan Centaur raketasi koinotga uçirildi.
Uşb ekspeditsiyani Ilon Mask va uning Space X kompaniyasi bilan fazoni xususiy tadqiq qiliş böyiça raqobatçilari taşkil qilgan.
United Launch Alliance kompaniyasining ulkan Vulcan Centaur raketasi Astrobotic Technology tomonidan işlab çiqarilgan Peregrine 1 zondini Oyga olib ketdi.
Peregrine — Oyga qönuvçi qurilma bölib, xususiy kompaniya tomonidan Yer tabiiy yöldoşi yuzasiga qöndirilgan birinçi qurilma bölişi kutilmoqda.
Peregrine 23 fevral kuni Gruytuyzen krateriga qönişi rejalaştirilgan. Böyi taxminan 2 metr, eni 2,5 metr kattalikdagi modul Oyga turli yuklarni, jumladan NASA uçun ilmiy asboblarni, Everest toğidan olingan toşni, şuningdek, «Yulduzli yöl» seriali yaratuvçisi Jin Roddenberri va fantast yozuvçi Artur Klark hokini olib boradi.
Ilmiy yuklardan taşqari, Peregrine ramziy va madaniy ahamiyatga ega bölgan köplab obektlarni Oy orbitasiga olib çiqadi. Ular orasida eçki va qutb quşi DNK, 33 nafar san’at namoyondasi qoni namunalari, yuzlab tasvirlar, şe’rlar va musiqalar, xaritalar, daryo va okean suvi bor. 1 bitkoinni ifodalovçi dumaloq plastinka ham Oyga yöl olgan.
Vulcan Centaur raketasi işlab çiqaruvçi Astrobotic Technology örtasida Peregrine Mission One (loyihaning rasmiy nomi) böyiça kelişuvga 2017 yilda erişilgan, ammo uçiş sanasi bir neça bor özgargan. 2023 yil dekabrda Astrobotic rahbariyati modul «uçiriş va qönişga tayyor» ekanini e’lon qildi. Rejaga köra, modul Oyda kamida 192 soat işlaydi.
May oyida, agar hammasi rejadagidek bölsa, Xitoyning «Çan-6» oyyurari Oyga uçadi.
Bu yil yozda insonning Oyga birinçi marta qönganiga 55 yil töladi.
Noyabr oyida NASA Oyga özining VIPER zondini yuborişni rejalaştirmoqda.

















