Norvegiyalik terrorçi Anders Breyvik çuqur ruhiy tuşkunlik tufayli suddan özini izolyatsiyadan ozod etilişini söramoqçi. Bu haqda Reuters xabar berdi. U 2011 yildan beri 21 yillik qamoq jazosini ötamoqda. 

Qayd qilinişiça, 9 yanvar kuni ommaviy qotilning özi sudda iştirok etadi va taşqi dunyo bilan muloqotiga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaşni söraydi. 

Şu bilan birga, 8 yanvar kuni Ringerike qamoqxonasida bölib ötgan sud majlisida uning advokatlaridan biri Oystein Storrvik nutq sözlab, mijozi endi yaşaşni istamayotganini va «çuqur ruhiy tuşkunlikka» tuşib qolganini aytdi. 

«U qariyb 12 yildan beri izolyatsiyada... U butunlay yopiq dunyoda yaşamoqda», dedi u. 

Breyvikning özi sud jarayonida heç narsa demadi va advokatlarining işini kuzatdi. 

Öz navbatida, Adliya vazirligi manfaatlarini himoya qiluvçi advokatlar bu odam boşqa mahkumlardan alohida qamoqxonaga joylaştirilişi kerakligini ta’kidladi, çunki ularning fikriça, Breyvik hali ham xavfsizlikka tahdid solmoqda. 

«Juda xavfli mahbus favqulodda çoralarni talab qiladi. U hali ham qilgan işi bilan faxrlanadi va öz mafkuraviy qaraşlaridan voz keçmagan», deb tuşuntirdi huquqşunos Andreas Xetland. 

2011 yilning 22 iyul kuni Anders Breyvik ikkita teraktni amalga oşirdi. Birinçidan, u Osloning hukumat kvartalida bomba portlatdi. Şundan söng, Utoya orolidagi yoşlar lageriga borib, 69 kişini öldirdi. Sud uni 21 yilga ozodlikdan mahrum qildi, bu Norvegiyada eng oliy jazo. Ammo sudyalar jinoyatçini xavfsiz deb hisoblamagunça, bu muddatni uzaytirişi mumkin.