«Özbekiston metallurgiya kombinati» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari Dilşod Tursunquloviç Ahmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining örinbosari etib tayinlandi.

Dilşod Ahmedov 1972 yilda tuğilgan, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetini tamomlagan. «Skolkovo» Moskva boşqaruv maktabida öqigan. Özbekiston va Rossiyada işlab çiqarişni taşkil etiş va sanoat korxonalari aktivlarini boşqarişda tajribaga ega.

U 2021 yil yanvaridan hozirga qadar «Özbekiston metallurgiya kombinati» AJ boşqaruv raisi birinçi örinbosari — ijroçi direktor lavozimida işlab kelayotgandi.

Ma’lumot uçun, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga 2022 yil dekabridan buyon Laziz Qudratov rahbarlik qilib kelmoqda.

Unda hozirgaça uç nafar örinbosar bor edi — Nozimjon Xolmurodov, Xurram Teşaboyev va Badriddin Abidov.