Germaniya Saudiya Arabistoniga 150 ta Iris-T raketalarini yetkazib beradi
Berlin hukumati Ar-Riyodga Iris-T «havo-havo» raketalari yetkazib berilgani haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqladi. Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berish Germaniya uchun uzoq vaqtdan beri taqiqlangandi.

Foto: missilery.info
Germaniya hukumati Saudiya Arabistoniga yana qurol yetkazib bermoqda. Federal xavfsizlik kengashi 2023 yil oxirida Ar-Riyodga Iris-T infraqizil moslamali «havo-havo» modifikatsiyasiga ega 150 ta raketa yetkazib berishni ma’qulladi, deya tasdiqladi Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebeshtrayt 10 yanvar, chorshanba kuni.
Shu tariqa, Berlin uzoq vaqtdan beri birinchi marta Ar-Riyodga qurol eksport qilishni ma’qulladi. 2018 yilning noyabrida Germaniyada o‘sha paytdagi hukmron «katta koalitsiya» Saudiya Arabistoniga qurol-yarog‘ yetkazib berishni taqiqlagan edi, chunki Ar-Riyod Yamandagi urushda qatnashgani va jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador ekani taxmin qilingan.
Eurofighter qiruvchilarining yetkazib berilishi
Der Spiegel nashri yozishicha, NATO bo‘yicha hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarda ishlab chiqarilgan qurol va butlovchi qismlar, jumladan, Britaniyaning BAE Systems kompaniyasining Saudiya Arabistoniga eksport qilinayotgan Eurofighter qiruvchisi taqiqlanmagan. Saudiya Arabistonida bunday samolyotlarning 72 tasi bor, ular endi Iris-T raketalari bilan jihozlanadi.
Britaniya, shuningdek, Ar-Riyodga Eurofighter’ning yangi partiyasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda va Germaniya hukumati bunga aralashmaydi, dedi yaqinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok.
2023 yildagi so‘nggi yig‘ilishida Federal xavfsizlik kengashi Isroilga suvosti kemasi, Bundesver arsenalidan Pokistonga uchta minalarni aniqlash kemasi va Gurjistonga 300 ta tankka qarshi portativ granatalar yetkazib berishni ham ma’qulladi.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
Jahon | 22:39
-
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 20:52
-
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
O‘zbekiston | 20:32
-
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
O‘zbekiston | 20:16
Mavzuga oid

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

22:01 / 13.05.2025
AQSh va Saudiya Arabistoni 600 mlrd dollarlik kelishuvga erishdi

15:27 / 13.05.2025
Donald Tramp Saudiya Arabistoniga keldi

08:20 / 13.05.2025