«Fahş baronessasi» va «Madam Klod» laqablari bilan tanilgan, Özbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir doirasida qölga olingan özbekistonlik Nilufar Mirxonova deportatsiya qilindi. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi xabar berdi.

«Uşbu şaxsning xatti-harakatlaridan jabr körgan fuqarolardan Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasiga yoki Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga murojaat qiliş söraladi», deyiladi xabarda.

Özbekiston IIV ma’lumotiga köra, 1989 yilda tuğilgan Nilufar Mirxonova Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «a», «v», «g», «z», «i» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblanib, qidiruvga berilgan edi.

Bundan oldinroq Özbekistonning xalqaro qidiruvga berilgan 8 nafar fuqarosi Turkiyada qölga olingani, ular orasida qöşmaçilikda va odam savdosida ayblangan Nilufar Mirxonova ham borligi xabar qilingandi.