Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni iqtisodiy rivojlaniş, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçi Suma Çakrabarti bilan amaliy uçraşuv ötkazdi.

"Özbekiston-2030" strategiyasi doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi va ularning samaradorligini oşiriş borasidagi navbatdagi qadamlar körib çiqildi.

Strategiyani Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili deb e’lon qilingan 2024 yilda amalga oşirişning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilişni faollaştiriş, tadbirkorlik va xususiy mulk uçun keng imkoniyatlarni şakllantiriş, fan, innovatsiyalar va IT sohasini rivojlantiriş, "yaşil" va raqamli texnologiyalarni joriy qiliş kabi yönalişlarda içki zaxiralarni yanada samarali işga soliş va xorijiy hamkorlar bilan şeriklikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.