O‘zbekiston | 10:05 / 12.01.2024
2214
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tumanining katta qismida elektr ta’minoti to‘xtatiladi

Bugun, 12 yanvar kuni 12:00 dan 18:00 gacha Toshkent shahar Chilonzor tumaning katta qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi e’lon qilindi.

Toshkent shahar hokimligi vaqtinchalik chora uzoq vaqt davomida foydalanishda bo‘lgan elektr ta’minoti kabellarini, transformatorlarni modernizatsiya qilish hamda shu orqali iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotganini bildirdi.

Chilonzor tumanidagi - ATS-277, 126, 127, «Novza», «Oriyent Finans Bank» Chilonzor filiali hamda «O‘zsanoatqurilishbank» banki, «Rohat» mehmonxonasi, «O‘zenergosozlash» UK, «Sezam» radiokanali, «Minor» kinostudiyasi, Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi, «Inter Kapital» QK, «Navbahor Sanoat» MChJ, Geodeziya va kartografiya milliy markazi, Bozor islohotlari instituti, Bolalar shifoxonasi, G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Chilonzor tibbiyot kolleji, Toshkent tibbiy diognostika markazi, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi, Nafis san’at litseyi, Chilonzor tuman hokimligi, Musiqiy komediya teatri (operetta), Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi hamda  «Issiqlik elektr stansiyalari» AJda elektr ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi.

Shuningdek, Chilonzor C mavzesi, 3-6-mavzelar, «Gavhar», «Do‘mbirobod», «Katta Do‘mbirobod», «Naqqoshlik», «Qozirobod», «3-Katta Chilonzor» hamda «Katta Navbahor» MFY ko‘chalari vaqtinchalik elektr ta’minotidan uziladi.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tilgan.

Mavzuga oid