Ukrainada urushning 687-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasi qayta ishlash uchun hukumatga qaytarildi. «Sluga naroda» fraksiyasi yetakchisi David Araxamiyaning so‘zlariga ko‘ra, «undagi ayrim moddalar inson huquqlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri buzilishi, qaysilaridir optimal darajada tuzilmagan».
- AQSh xavfsizlik kengashi Rossiyaning 300 milliard dollar miqdoridagi muzlatilgan aktivlarining bir qismini musodara qilishga imkon beruvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, bu mablag‘lar kelgusida Ukrainani tiklash uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
- Latviya seymi (parlament) Rigadagi «Moskva uyi»ni davlat mulkiga o‘tkazdi. LETA agentligi yozishicha, uning sotuvidan tushadigan mablag‘ Ukrainaga beriladi. Seymdagilarning hisoblashicha, bu yerda madaniy-ma’rifiy tadbirlar niqobi ostida siyosiy faoliyat olib borilgan. Rossiya hukumati hozircha vaziyat yuzasidan munosabat bildirmadi.
- Sankt Peterburg davlat universiteti talabasi Darya Kozireva o‘qishdan haydaldi, unga nisbatan armiyani «obro‘sizlantirish» to‘g‘risida protokol tuzilgandi – o‘qishga kirishidan oldin urushga qarshi yozgan posti uchun.
Frontda halok bo‘lgan shoir Maksim Krivsovning dafn marosimi
Maksim Krivsov — Ukraina qurolli kuchlari safida jang qilgan ukrain shoiri — 7 yanvar kuni halok bo‘lgan (aynan qayerdaligiga oydinlik kiritilmagan; Krivsovning o‘limi qanday ro‘y bergani tafsilotlari ham ma’lum emas). U 33 yoshda edi. Krivsov 2014 yil Mustaqillik maydonidagi (Maydan voqealari) namoyishlarning faol ishtirokchisi bo‘lgan, keyin ko‘ngilli sifatida Donbassdagi urushga yo‘l olgan. 2015 yilga qadar «O‘ng sektor»ning 5-batalyoni safida jang qilgan, keyin yana to‘rt yil davomida Ukraina Milliy gvardiyasi tezkor harakat qilish brigadasida pulemyotchi sifatida xizmat qilgan. Rossiyaning 2022 yil fevralida boshlangan bosqinidan keyin Krivsov frontga qaytgandi.
Krivsov harbiy harakatlar vaqtida ham o‘z she’rlarini muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib borgan, shuningdek oldingi chiziqda turib o‘zining va boshqa shoirlarning she’rlarini o‘qigani aks etgan videolar





























