Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi hukumat komissiyasi Qozoğistondan Özbekistonga olib kirilayotgan “şubhali” elektrotexnika mahsulotlarining kelib çiqiş sertifikatlarini (ST-1) tekşiriş böyiça tegişli taşkilotlarga topşiriq bergan. Gazeta.uz'ning yozişiça, bu 2023 yilning 25 dekabridagi 118-sonli komissiya bayonnomasida közda tutilgan.

Gap 2021-2022 yillarda Qozoğistondan olib kelingan elektr jihozlari haqida bormoqda. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Özbekekspertiza” kompaniyasi va Bojxona qömitasi sertifikatlarni tekşirib, “aniqlangan holatlarni bartaraf etiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritişi” zarur.

Naşrning hukumatdagi manbasiga köra, rasmiylar Qozoğistondan elektr jihozlari importi köpayganidan xavotirda va uşbu mahsulotlar aslida Xitoy tomonidan yetkazib berilayotganidan gumon qilmoqda.

Xususan, xitoylik yetkazib beruvçilar MDH davlatlari örtasidagi erkin savdo töğrisidagi şartnomaga asosan Qozoğistonda minimal mahalliylaştiriş bilan elektr jihozlarini (konditsionerlar, muzlatkiçlar v.b.) yiğib, Özbekiston bozoriga bojsiz yetkazib berişadi, deb gumon qilinyapti.

Bundan taşqari, bayonnomada bir oy muddatda sovitiş tizimlari (fankoyl agregatlari, çillerlar v.b.), gaz qozonlari, quyoş suv isitkiçlari va Toşkent şahridagi Texnopark korxonasida işlab çiqarilgan “aqlli” gaz hisoblagiçlarining kelib çiqiş sertifikatlarini (S-1) belgilangan tartibda rasmiylaştiriş çoralarini köriş topşirilgan.

Avvalroq, sönggi olti yilda elektrotexnika sanoatida 640 mln dollarlik 224 ta loyiha işga tuşirilgani, 2023 yil yakunida eksport 1 mlrd dollarga yetişi kutilayotgani xabar qilingandi. Şu bilan birga, har yili Özbekistonga 800 mln dollarlik elektrotexnika tovarlari import böladi.