Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida “Kamaz” yuk maşinasi yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 12 yanvar kuni sodir bölgan.

Şu kuni soat 22:13da Yangiyöl tumani, “Qöşyoğoç” MFYda joylaşgan “DELTA KOMPRESSOR” MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasida yonğin sodir bölgan.

Oqibatda AGQŞ bostirmasining 10 metr kvadrat maydonda şifti va uning tagida turgan “KAMAZ-53212” yuk maşinasi yonib yetgan.

Qayd etilişiça, yonğin qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga soat 22:17da yetib borib, soat 22:38da olovni öçirgan.