Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengaşining Qurolli kuçlar va harbiy-ma’muriy sektorlarning 2023 yildagi faoliyati yakunlari va yaqin istiqbolga möljallangan vazifalar muhokamasiga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişida axborot xavfsizligi masalalariga töxtalib ötdi.

Jumladan, davlat rahbari Özbekistonda milliy kontent yaratişning dolzarbligini ta’kidladi.

«Biz Özbekiston axborot makonida milliy kontent yaratişni öz qölimizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, bu işlar xorijdan turib amalga oşirilişiga imkon yaratib beramiz. Çunki odamlardagi yangilik, tahliliy ma’lumotlar, real voqealarga ehtiyojni biz töldirmas ekanmiz, buni boşqalar qiladi. Bunga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, prezident ommaviy axborot vositalaridagi tanqidlarga ham munosabat bildirdi.

«Har qanday tanqidga javob berişga (tayyor bölişimiz), jurnalist haq bölsa, buni tan olişimiz kerak. Nohaq bölsa, unga tuşuntiriş orqali yolğon xabarlarning oldini olişga örganişimiz va buning nopok va yolğonligini butun jamiyatimizga tuşuntirişimiz kerak», dedi davlat rahbari.