- Suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş, suvdan foydalaniş madaniyatini yuksaltiriş orqali aholi ongida şakllangan «suv - tekin» tuşunçasidan voz keçiş hamda suvni tejaydigan suğoriş texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etişni davom ettiriş maqsadida:
- suv xöjaligi taşkilotlari tomonidan qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilariga suv yetkazib beriş xizmatlari uçun tölovlar bekor qilindi;
- Suv xöjaligi vazirligining tuman (Quvasoy şahar) irrigatsiya bölimlari hamda maxsus xizmatlari negizida Suv yetkazib beriş xizmati davlat muassasalari taşkil etiladi;
- suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqdan Davlat budjetiga tuşgan tuşumning 40 foizi Suv yetkazib beriş xizmatlari faoliyatini moliyalaştirişga yönaltiriladi.
Quyidagilar Suv yetkazib beriş xizmatlarining asosiy vazifalari etib belgilandi:
- belgilangan limitlar asosida iste’molçilarga suv yetkazib beriş;
- öziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritiş;
- suğoriş tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inşootlarni soz holatda saqlaş;
- suv oliş joylarini suvni boşqariş va hisobga oliş vositalari bilan jihozlaş, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilişini raqamlaştiriş;
- iste’molçilar kesimida iste’mol qilingan suv hajmi töğrisidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etiş va hokazo.
2024 yildan boşlab:
- Suv xöjaligi vazirligi Qişloq xöjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 25 martga qadar vegetatsiya davri uçun va 25 sentabrga qadar kuz-qiş davri uçun suv manbalarning suvlilik darajasidan kelib çiqqan holda hududlar kesimida qişloq xöjaligi ekinlarini suğoriş uçun suv oliş limitlarini tasdiqlaydi;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi suv xöjaligi vazirligi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boşqarmalari hamda hududiy qişloq xöjaligi boşqarmalari har yili 1 aprelga qadar vegetatsiya davri uçun va 1 oktyabrga qadar – kuz-qiş davri uçun yakuniy iste’molçilar kesimida ekinlarni suğoriş uçun suv oliş limitlarini hududlar böyiça tasdiqlangan limit doirasida işlab çiqadi va tasdiqlaş uçun xalq deputatlari tuman kengaşlariga kiritadi;
- iste’mol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritişdan boş tortgan) qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilari uçun suv soliği bazasi xalq deputatlari tuman Kengaşlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki baravar oşirilgan holda hisoblanadi;
















