2024 yil 16 yanvar kuni Xalq deputatlari Karmana tumani Kengaşining navbatdan taşqari 77-sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, sektor rahbarlari, viloyat hokimi örinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari, taşkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.

Taşkiliy masala körib çiqilgan mazkur sessiya işida viloyat rahbari N.Tursunov sözga çiqib, tuman hokimi lavozimiga Adizov Valijon Yusupoviçni tayinlaş töğrisida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini öqib eşittirdi.

Uşbu qaror xalq deputatlari Karmana tumani Kengaşi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Valijon Adizov bunga qadar Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi Navoiy viloyati hududiy boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida işlab kelgan.

Karmana tumani sobiq hokimi Faxritdin Umarov

Faxritdin Umarov 2016 yildan buyon Karmana tumaniga hokimlik qilib kelgandi. 2023 yil oktyabr oyi oxirida prezident Şavkat Mirziyoyev tuman rahbarlarini işdan olişga körsatma bergandi. Bunga tuman hududidagi mayning fermalar sabab bölgandi.