Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalist Mixail Dovlatovni ushlagan shaxslarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi
«Novosti Uzbekistana» (nuz.uz) nashri muxbiri Mixail Dovlatov bilan bog‘liq holatga aloqador shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Idora axborotida ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyati hamda jurnalistlarning huquq va erkinliklari qonun bilan qo‘riqlanadi.
14 yanvar kuni Mixail Dovlatov jurnalistik surishtiruv olib bormoqchi bo‘lganida Toshkent shahri, Uchtepa tumani huquq-tartibot idorasi xodimlari tomonidan ushlangani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum qilinishicha, jurnalist Uchtepa tumani 11-dahada yashovchi fuqarolardan kelib tushgan so‘rov bo‘yicha vaziyatni yoritishga borgan. Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng, huquq-tartibot idorasi xodimlari uni 2-sonli ichki ishlar idorasiga olib ketishgan va ma’muriy ish qo‘zg‘atishgan.
Biroq, keyinchalik unga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish sud qaroriga ko‘ra tugatilib, jurnalistning buzilgan huquqi tiklangan edi.
Mavzuga oid
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
13:58 / 25.04.2026
IIB tezkor xodimi Sanjar Karimovning uyidagi tintuvda uning buyumini olib ketgani ma’lum bo‘ldi
19:59 / 24.04.2026