Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning uch tumani hududida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahridagi tumanlarning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 17 yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirobod tumani — “Qorasuv” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Uchtepa tumani — “Jurjoniy” MFY hamda 14-mavze, 15-mavze va 21-mavzelarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha;
- Olmazor tumani — “Hofiz Ko‘xakiy”, “Zarbdor” hamda “Shoshiy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026