«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «To‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va jismoniy tarbiya asoslari» mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Professional ta’lim muassasalarida «Salomatlik» dars mavzulari joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Tegishli ta’lim muassasalari o‘qituvchi va tarbiyachilarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha fan dasturlariga «Sog‘lom turmush tarzi asoslari» mavzulari kiritiladi.