Ijtimoiy tarmoqlarda Isuzu yölovçi avtobusi tor köçalardan birida piyodalar yölakçasi ustiga çiqib harakatlanib, odamlar hayotiga xavf tuğdirgani aks etgan video tarqaldi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 15 yanvar kuni Samarqand şahrida sodir bölgan.

Şaharning tor köçalaridan birida avtobus haydovçisi özidan oldinda ketayotgan maşinani quvib ötiş uçun piyodalar yölakçasi ustiga çiqarib harakatlangan. Şu paytda piyodalar yölakçasida ikki kişi bölgan va ular özini çetga olgan.

Xabarda aytilişiça, avtobus haydovçisi uşbu xatti-harakati bilan MJtKning 128-5 prim moddasi 2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etgan. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.