Yevropadagi NATO ittifoqçi kuçlari boş qömondoni Kristofer Kavoli sözlariga köra, kelasi haftada alyans sönggi ön yilliklardagi eng yirik Steadfast Defender 2024 öquv maşqlarini boşlaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tadbir Germaniya, Polşa va Boltiqböyi mamlakatlarida bölib ötadi va may oyiga qadar davom etadi. Maşqlarda 90 mingga yaqin askar iştirok etadi.
«Alyans Şimoliy Amerikadan kuçlarni transatlantika orqali jönatib, Yevro-Atlantika hududini mudofaa qiliş salohiyatini namoyiş etadi», dedi Kavoli.
Unga köra, maşğulotlarda NATO mamlakatlari qurolli kuçlaridan taşqari Şvetsiya harbiy xizmatçilari ham iştirok etadi.
Avvalroq, NATO harbiy qömitasi rahbari Rob Bauer Steadfast Defender 2024 maşqlari Rossiyaning NATO şarqiy qanotiga ehtimoliy bosqinini oldini olişga qaratilganini tuşuntirgan edi. 2023 yil oktyabr oyida u maşqlarda 40 mingga yaqin harbiy xizmatçi iştirok etişi kerakligini aytdi.
Financial Times bayonotiga köra, rejalaştirilgan tadbir Sovuq Uruşdan keyingi eng yirik maşqlar hisoblanadi. NATO harbiylari maşğulotlar davomida 500–700 marta parvoz qiladi va unda kamida 50 ta harbiy kema qatnaşadi.

















