Özbekistonning Vladivostokdagi boş konsulligi diplomatlari Rossiyaning Primorsk ölkasi hukumati raisining örinbosari - Primorsk ölkasi uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Vitaliy Blotskiy, quriliş vaziri vazifasini bajaruvçi Aleksey Perşin va Xalqaro hamkorlik agentligi boşliği Aleksey Stariçkov bilan muzokaralar ötkazdi.
«Dunyo» xabariga köra, unda mehnat migrantlari huquqlarini ta’minlaş va Özbekiston fuqarolarini Primorsk ölkasiga qonuniy tarzda işga jalb etiş masalalari muhokama qilindi.
Primorsk ölkasi rasmiylari joriy yilda hududda amalga oşiriladigan yirik quriliş işlariga 7 ming işçi kuçi yetişmayotganini ma’lum qildi. Birinçi bosqiçda uşbu quriliş işlariga 1200 nafar işçilarni jalb etiş va ularga barça şaroitlar yaratib berilişi ta’kidlandi.
Uçraşuv sönggida Primorsk ölkasi quriliş vazirligi va Özbekistonning tegişli taşkilotlari örtasida qonuniy mehnat migratsiyasini taşkil etiş böyiça hamkorlik bitimini işlab çiqiş hamda imzolaşga kelişib olindi.

















