Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Makarov» to‘pponchasini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Jomboy tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
DXX xabariga ko‘ra, unda, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 251-1 va 246-moddalari bilan sudlangan shaxs xaridorga 1 dona «Makarov» to‘pponchasi va uning 96 dona o‘q-dorisini 10 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Shuningdek, uning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv harakatlari davomida, foydalanishga yaroqli deb topilgan, kalibri 5,6 mm bo‘lgan eski rusumdagi «Monte Kristo» to‘pponchasi, turli xil gilzalar, ov miltig‘i qismlari, o‘tkir tig‘li jismlar hamda boshqa ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026