Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba ğarb davlatlarini Rossiyada qurol işlab çiqariş uçun butlovçi qismlar yetkazib beriş zanjirini uzib, asosiy komponentlarni sotib olişni davom ettiriş imkonini beruvçi böşliqlarni yopişga çaqirdi. «Ğarb Rossiyaning qurol işlab çiqariş qobiliyatini bostirişga jiddiy kirişişi kerak», deb yozdi Kuleba X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğida 19 yanvar, juma kuni.

U Ukrainada yöq qilingan Rossiya qurollarida topilgan xorijda işlab çiqarilgan muhim tarkibiy qismlarning 95 foizi ğarb davlatlaridan kelgani haqidagi dalillarni keltirdi. Bu hukumatning emas, balki xususiy kompaniyalarning xatti-harakatlari, deya aniqlik kiritdi TIV rahbari va Rossiya Federatsiyasiga kiruvçi eksport harbiy tovarlar emas, balki ikki maqsadli mahsulotlar, fuqarolik mahsulotlari va hatto maişiy texnika hisoblanişini bildirdi. 

«Ular nima bölişidan qat’iy nazar, oxir-oqibat Ukrainaga uruş jinoyatlarini sodir etiş, odamlarni öldiriş va muhim infratuzilmani yöq qiliş uçun boradi, dedi Kuleba. - Agar sanksiyalardan qoçiş böyiça barça yaşirin sxemalar va böşliqlar aniqlansa, Ukraina kamroq yordamga muhtoj böladi va kamroq odamlarni yöqotadi».

TIV rahbari ta’kidlaganidek, Rossiyaga tegişli komponentlarni yetkazib berişni töxtatiş xususiy va davlat sektorlari tomonidan keng kölamli, muvofiqlaştirilgan harakatlarni talab qiladi. «Ammo bu Ukrainadagi köplab tinç aholining hayotini saqlab qoladi va Rossiya harbiy maşinasini işdan çiqaradi», deb ta’kidladi Kuleba. 

Rossiyaning ğarb sanksiyalarini çetlab ötişi

Kiyev iqtisodiyot instituti va Yermak-Makfol xalqaro sanksiyalar guruhi ekspertlarining hisob-kitoblariga köra, 2023 yil yanvar-oktyabr oylarida AQŞ, YeI, Britaniya va Ukrainaning boşqa hamkorlari jangovar operatsiyalarda ustuvor deb belgilagan Rossiya tovarlari importi 8,77 milliard dollarga yetgan - bu sanksiyalar joriy etilişidan oldingidan atigi 10 foizga kam. Rossiya harbiy sanoati uçun muhim hisoblangan barça tovarlar uçun bu körsatkiç yanada yuqori - 22,23 milliard dollar.

11 yanvarda e’lon qilingan tadqiqotga köra, Rossiya hujumidan söng Ukrainani qöllab-quvvatlovçi davlatlar koalitsiyasi uruş olib boriş uçun muhim resurslardan mahrum qiliş maqsadida Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadigan mahsulotlar, jumladan, ikki tomonlama maqsadli mahsulotlarga misli körilmagan nazorat örnatdi. Biroq, Rossiya uçinçi davlatlardan foydalanib, sanksiyalarni çetlab öta oldi.