Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uçun jarima miqdorlarini aniq belgilaş va ma’muriy işlarni körib çiqişda fuqarolarga yengillik yaratişga qaratilgan normalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi bilan ma’muriy jazolar miqdorini kamaytiriş, ularni bir xil körinişga keltiriş, ma’muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib çiqqan hamda aholiga yengilliklar yaratiş lozimligini inobatga olgan holda belgilanişini ta’minlaş maqsadida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning ayrim moddalariga özgartişlar kiritilmoqda.

Kodeksning 223- va 223-3-moddalarida körsatilgan huquqbuzarliklar uçun belgilanadigan jarimalar miqdori bir xil körinişga keltirilmoqda. Bu ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş va elektron iş yurituv tizimidan unumli foydalanişni ta’minlaşga xizmat qiladi.  

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.