Rossiyaning Yekaterinburg şahridagi quriliş obektlarida ötkazilgan reydlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlarni migrantlarni ördaksimon yurişga majburladi. Bu haqda «Russkaya Obşçina Yekaterinburg» xabar berdi.
Qayd qilinişiça, huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiya migratsiya qonunçiligiga amal qilinişi böyiça reyd ötkazgan. 17 yanvar kuni bölib ötgan tadbir davomida xavfsizlik kuçlari 150 kişining hujjatini tekşirgan. Ulardan 8 nafari immigratsiya qonunçiligini buzgani aniqlangan, endi ularni deportatsiya kutmoqda. 4 nafariga esa harbiy röyxatga olinişi uçun çaqiruv qoğozi berilgan.
Şu bilan birga, huquq-tartibot idoralari xodimlari migrantlarni ördaksimon yurişga majburlagan. Taqdim etilgan videolavhada bir neça nafar migrantni ördaksimon harakatlanganini, boşqa fotosuratda ularni yerga çökka tuşib ötirganini köriş mumkin.
Uşbu voqea oşkor bölganidan söng, Sverdlovsk viloyati Inson huquqlari böyiça komissari Tatyana Merzlyakova reydlarni tekşirişini ma’lum qildi.
«Nima bölganini endi örganaman. Bizda migrantlar huquqlarini himoya qiluvçi mutaxassis bor, lekin u hozirgaça menga heç narsa demadi. Bu voqeaga közlarim işonmayapti. Bunday bema’ni işlar bilan şuğullanişga vaqtimiz yöq», dedi Merzlyakova. Uning ta’kidlaşiça, bunday holat Yekaterinburg şahriga xos emas.

















