Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili Rossiyada politsiya migrantlarni ördaksimon yurişga majburlagani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. Ma’lum qilinişiça, ombudsman Rossiyadagi migrantlar huquqlarini ta’minlaş böyiça murojaat yuborgandi. 

«Ombudsman «Russkaya Obşina Yekaterinburg» Telegram kanalida e’lon qilingan holat böyiça Rossiya Federatsiyasi ombudsmaniga murojaat qilib, Rossiyada bölib turgan Özbekiston fuqarolarining mehnat huquqlari ta’minlanişida kömak söradi», deyiladi xabarda.

Ombudsman 2023 yilda Rossiyaga taşrifi davomida öşa yerda yaşaydigan yurtdoşlar bilan uçraşib, ularning yaşaş şaroitlari va muammolarini örgangani qayd etilgan. Hamyurtlar fikrlari asosida Özbekiston va Rossiya ombudsmanlari örtasidagi hamkorlik yölga qöyilib, murojaatlarni birgalikda körib çiqiş, jumladan, Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat qilayotgan özbekistonliklar huquqlarini ta’minlaş böyiça işlanişi ta’kidlangan.

Lekin bu xabarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda Özbekiston fuqarolari ham aks etgani rasman tasdiqlanmagan.

  • 17 yanvar kuni prokuratura, FXX, IIV va Rosgvardiya xodimlari Rossiyaning Yekaterinburg şahridagi quriliş maydonlaridan birida reyd ötkazib, işçilarni ördaksimon usulda yurişga majburlagandi. Reyd davomida 150 ga yaqin kişining hujjatlari tekşirilgan. Ular aynan qaysi mamlakat yoki mamlakatlar fuqarolari ekani haqida aniq ma’lumot yöq.
  • Qirğiziston TIV ma’lumotiga köra, Yekaterinburgdagi quriliş maydonida işlovçilarning 40 nafarga yaqini qirğizistonliklar bölib, ularning uç nafari videoga tuşib qolgan. Qöşni mamlakat taşqi işlar vazirligi holat yuzasidan tekşiruv ötkazişni talab qilgan.