Ukrainadagi uruşga qarşi çiqqan rossiyaliklar Boris Nadejdinni prezidentlikka nomzod sifatida körsatiş uçun imzo qöyişi mumkin, hatto uni öz nomzodi deb hisoblamasa ham, deya ma’lum qildi siyosatçi Mixail Xodorkovskiy 21 yanvar, yakşanba kuni. Ilgari Aleksey Navalniyning tarafdorlari va Rossiya muxolifati boşqa vakillari ham şunday çaqiriqlar bilan çiqqan.
«Nadejdin uçun imzo - hokimiyatdagilarga qarşi, özgariş uçun bayonotdir», deb yozgan Xodorkovskiy. U imzo qöyiş orqali uruşga qarşi pozitsiyasini ifodalaş mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq Nadejdin nomzodi uçun imzo qöyiş taklifini Aleksey Navalniyning tarafdorlari Georgiy Alburov, Ruslan Şaveddinov va Lyubov Sobol qöllab-quvvatlagan edi. «Nomzodlar qança köp bölsa, amaldagi rahbariyat şunçalik kam töplaydi. Agar şahringizda imzo töplaş punkti bölsa, dam oliş kunlari u yerga borib keling», deb yozgan Alburov.
Navalniy tarafdorlarining saylovoldi kampaniyasi töğridan töğri Nadejdin uçun imzo qöyişga çaqirmaydi, balki amaldagi rahbariyatdan boşqa har qanday nomzodga ovoz berişni qöllab-quvvatlaydi. «Amaldagi hokimiyat uçun 2024 yilgi saylovlar - harakatlarni ma’qullaş, uruşni ma’qullaş böyiça referendum. 17 mart kuni Rossiya köpçilik ularni mamlakat boşida körişni istamasligini tuşunişi kerak. Ovoz beriş natijalari soxtalaştirilişi mumkin, ammo bizning vazifamiz endi amaldagi hokimiyat kerak emasligi böyiça aniq signal berişdir», deyiladi FBK tarğibot kampaniyasi saytida. Siyosatçi Maksim Kats ham Nadejdin uçun imzo çekişga çaqirdi.
Boris Nadejdinning ilgari surilişi
Nadejdin 23 dekabr kuni bölib ötgan «Grajdanskaya initsiativa» partiyasining qurultoyida Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga nomzod sifatida körsatilgan edi. Saylovda nomzodi röyxatga olinişi uçun u 100 ming saylovçi imzosini töplaşi kerak.
Boris Nadejdin 60 yoşda. Fizika-matematika fanlari nomzodi. U Moskva fizika-texnika institutida (MFTI) huquq fakultetiga asos solgan va 2016 yilgaça unga rahbarlik qilgan. 1999-2003 yillarda Nadejdin SPSdan davlat dumasi deputati, 2008-2011 yillarda milliarder Mixail Proxorovning «Pravoye delo» partiyasi a’zosi, 2012 yilda esa «Spravedlivaya Rossiya» partiyasidan Sergey Mironovning işonçli vakili, şuningdek, Vladimir Putin jamoasidan kuzatuvçi bölgan. 2016 yilgi davlat dumasiga saylovlar oldidan Nadejdin «Yedinaya Rossiya»ning praymerizlarida muvaffaqiyatsiz iştirok etdi. Nadejdinning saytida bölajak prezidentlik saylovlari manifestida «tinçlik», «söz erkinligi», «hamkorlik», «fuqarolik jamiyati» va «adolatli saylovlar» şiorlari mavjud.

















