Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metallurgiya sohasi uchun umumiy xavfsizlik qoidalari e’lon qilindi
«Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: mining24.ru
Quyidagilarni nazarda tutuvchi metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari tasdiqlanadi:
- korxonalarning hududlari, binolar, inshootlar va texnik qurilmalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari;
- texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari;
- metallurgiya obektlari uchun maxsus xavfsizlik talablari;
- rux ishlab chiqarishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari;
- mis kukunlarini ishlab chiqarishga ko‘yiladigan xavfsizlik talablari;
- vodorod ishlab chiqarish va qo‘llanishiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.
Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari qora, rangli va nodir metallar eritmalarini hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalarni olish, tashish, foydalanish bo‘yicha ishlar olib boriladigan, shuningdek, xavfli moddalar ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan, ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar qo‘llaniladigan metallurgiya sanoatining xavfli ishlab chiqarish obektlarida sanoat xavfsizligi talablarini belgilaydi.
Qoidalar sanoat xavfsizligini ta’minlashga, avariyalar, ishlab chiqarish shikastlanishlarini oldini olishga qaratilgan talablarni belgilaydi va ularning bajarilishi texnik qurilmalarning konstruksiyalarini yaratish, tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash, metallurgiya ishlab chiqarishlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan barcha tashkilotlar (ularning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar) uchun majburiydir.
«Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun talablariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari, shuningdek texnik qurilmalar, bino va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi.
Metallurgiya ishlab chiqarishlarining portlash xavfi bo‘lgan yangi texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasidan ruxsat etish tusidagi hujjatlar (xulosa) olinadi.
Portlash xavfi bo‘lgan metallurgiya korxonalari va ishlab chiqarishlari obektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar faoliyati o‘rnatilgan tartibda berilgan litsenziyalar va ruxsat etish tusidagi hujjatlar asosida amalga oshirilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Audi tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi
Jamiyat | 10:38
-
Uy olish uchun qaysi viloyatda necha yil ishlash kerak?
Ko‘chmas mulk | 10:34
-
Akademik Tohir Aripov faxriy unvon bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 10:29
-
Samarqandda o‘quvchilar avtobusga chiqarilmadi: hokimlik bepul qatnov joriy qildi
Jamiyat | 10:23
Mavzuga oid

07:53 / 14.08.2025
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi

07:11 / 01.07.2025
Armaniston va YeI mudofaa va xavfsizlikda hamkorlik bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlayapti

13:16 / 03.06.2025
O‘zbekistonda ilk bor og‘ir texnika ishlab chiqarish boshlandi

10:12 / 19.04.2025