Isroil G‘azo sektorida HAMAS tunnellari yo‘q qilinganini ma’lum qildi
Tunnellar hamaschilar tomonidan qurol va raketa ishlab chiqarishda foydalangani ta’kidlanmoqda.
Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) 23 yanvar kuni G‘azo sektori janubidagi Xon Yunis shahri yaqinida HAMAS harakatining yirik tunnellar tarmog‘ini aniqladi va yo‘q qildi, deb yozdi The Times of Israel.
Qayd qilinishicha, hamaschilar isroil harbiylarini o‘qqa tutgan va qurol bilan raketa ishlab chiqarish obektiga qo‘shinlarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir necha tunnellarning kirish qismini portlatib yuborgan. Keyinchalik Isroil harbiylari baribir tunnellarga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Bu inshootlar sapyorlar tomonidan vayron qilingan.
23 yanvar kuni ertalab Isroil armiyasi o‘z askarlari orasida so‘nggi 24 soat ichida katta yo‘qotishlar haqida xabar bergan edi: G‘azo sektoridagi ikkita binoning portlashi va qulashi oqibatida 21 askar halok bo‘ldi. Portlash uchun javobgarlikni HAMAS harakatining harbiylashtirilgan qanoti «Izzaddin al-Qassam» brigadalari vakillari o‘z zimmasiga oldi. Keyin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu harbiylar G‘azo sektoridagi hujumlarini davom ettirishini aytdi.
Shu bilan birga, Livanning «Hizbulloh» shia harakati Isroil shimolida Meron tog‘idagi bazaga raketa hujumi uyushtirganini e’lon qildi. Harakatning qayd etishicha, bu hujum HAMAS siyosiy byurosi raisi o‘rinbosari Solih al-Aruriyning o‘ldirilishiga, shuningdek, Isroilning Suriya va janubiy Livanga bergan zarbalariga javob bo‘lgan.
Keyinchalik TsAHAL «Hizbulloh»ning snaryadlari va raketalari bu safar bazadagi obektlarga ozgina zarar yetkaza olganini ma’lum qildi. Qurbonlar yo‘q. Raketalarning bir qismi «Temir gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan.
Shundan so‘ng, TsAHAL Livandagi «Hizbulloh» va Eron kuchlariga tegishli «harbiy obekt»ga zarba bergan. Ular, shuningdek, «Hizbulloh»ga tegishli boshqa «ba’zi nishonlar»ga ham hujum qilishgan.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
19:17 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topilishi muhimligini ta’kidladi
12:00 / 11.11.2024