“Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:
- AAA, AA va A toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
- VVV, VV va V toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;
- SSS, SS va S toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
- D toifa – quyi barqarorlik reytingi.
Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.















