Simyog‘ochdagi “lochin ko‘z” – Toyloqda ayrim radarlar noto‘g‘ri o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi
Tuman hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining ba’zi qismlarida «lochin ko‘zli» fotoradar moslamalari simyog‘ochga o‘rnatilgani aytilmoqda. Bu hukumat qarori bilan tasdiqlangan texnik talablarga zid.

Foto: Kun.uz
Samarqand viloyatining Toyloq tumanida simyog‘ochlarga radarlar o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, radar o‘rnatilgan hududlar aholi yashash punkti hisoblanib, tezlikni cheklashga asos mavjud. Biroq tadbirkorlar tomonidan radar o‘rnatishda qoidalarga amal qilinmayotgani oqibatida haydovchilar jabr ko‘rib qolayotgan holatlar ham bor.
Ma’lum bo‘lishicha, Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining Madaniyat aholi yashash punkti, tuman markazi, Sariosiyo va Shopulot mahallalaridan o‘tuvchi kilometrlari oralig‘ida «lochin ko‘zli» fotoradar moslamalari o‘rnatilgan. Mazkur radarlarni o‘rnatishda me’yorlarga amal qilinmagan.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi qarori bilan “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. Hujjatda qayd etilishicha, radar o‘rnatishda «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi filialidan, «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining hududiy korxonasidan, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) hokimliklaridan obekt bo‘yicha texnik shartlar olishi lozim.
Texnik talablarga ko‘ra, tizimlar 6 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda metall ustunga (!) o‘rnatilishi talab etiladi.
Mas’ul tashkilotlar Toyloq tumani hududidagi simyog‘ochlarga o‘rnatilgan radarlarning qanchalik me’yor talablariga mos kelishini nazoratga olishlari zarur.
Oldinroq Xorazm viloyatida radarlar bilan bog‘liq nizoli holat kuzatilgandi. Tadbirkor tomonidan beton simyog‘ochga o‘rnatilgan radar haydovchi tezlikni oshirganini qayd qilgan, viloyat IIB YHXB jarima qo‘llagan. Haydovchi esa tezlikni oshirmaganligini, radar belgilangan talablarga zid ravishda o‘rnatilganligini aytib, sudda yutib chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi
Jahon | 09:01
-
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:56
-
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi
Jahon | 08:43
-
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

17:47 / 23.04.2025
Namanganda radarlar mashmashasi: kim haq?

18:38 / 21.04.2025
“Fuqarolarga zarar keltirmoqda” – Namangan shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi

20:14 / 13.04.2025
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi

12:38 / 25.02.2025