Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foizlik chegirma qo‘llanadi, tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilingan hollar bundan mustasno.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2024 yildan kuchga kirdi.















