2023 yil davomida jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan 73797 nafar şaxsga nisbatan 58418 ta jinoyat işi körib çiqildi, 1244 nafar şaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi. Bu haqda Oliy sud ma’lumot berdi. 

Qayd qilinişiça, sudlangan şaxslar soni 55763 nafarni taşkil etib, şundan 17396 nafar şaxsga ozodlikdan maxrum qiliş va 37077 nafariga boşqa turdagi jazolar tayinlangan. 1290 nafar şaxs şartli jazo olgan. 

Sudlangan şaxslarning 49297 nafari erkak, 6466 nafari ayol, 20922 nafari yoşlar (şu jumladan 1 911 nafari voyaga yetmagan) va 2123 nafari 60 yoşdan oşgan şaxslar. 

7362 nafar şaxs ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlanişi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingan, 33612 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan, 12286 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almaştirilgan va 13522 nafar şaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravişda qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarib taşlangan yoki qayta malakalangan. 

272 nafar şaxsga (yoşlar, ayollar va boşqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan. 

Hisobot davrida körilgan jinoyat işlarning aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş, öğrilik, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar, hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş, qasddan badanga yengil şikast yetkaziş, bezorilik, qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş va pora beriş bilan boğliq jinoyatlar taşkil etadi. 

Yaraşuv institutining samarali qöllanilişi natijasida 14698 nafar şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. 

Yetkazilgan moddiy zararning örnini qoplagan 8586 nafar şaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangan. 

Apellyatsiya tartibida 15720 nafar şaxsga nisbatan 10843 ta jinoyat işi körib çiqilgan. 1715 nafar şaxsga nisbatan birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 3556 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan. 

Oliy sudning Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida 5855 nafar şaxsga nisbatan 5130 ta jinoyat işi körib çiqilgan. 1143 nafar şaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 509 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan.