O‘zbekiston | 07:36 / 26.01.2024
22489
1 daqiqa o‘qiladi

Odam savdosida ayblanib, Turkiyada ushlangan ikki ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol Istanbulda ushlangani haqida xabar berilgandi. Ushbu ayollar mamlakatga deportatsiya qilindi. 

Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1985 yilda tug‘ilgan Dilnoza Umarova va 2017 yildan buyon Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1983 yilda tug‘ilgan Mavluda O‘lmasovalar Istanbul shahridagi bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Mazkur fuqarolar O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 10 yanvar kuni qo‘lga olingan. 

Ushbu shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbul shahridagi bosh konsulxonaga yoki Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid