Jinoyat işlari böyiça Oqqörğon tumani sudi raisi Sanjar Isaqulovning hukmi ustidan xizmat tekşiruvi ötkaziladigan böldi. Bu haqda Oliy sud hamda Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmatlari ma’lum qildi.
Oliy sud matbuot xizmatiga köra, Toşkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay’ati raisining 2024 yil 24 yanvardagi farmoyişiga muvofiq Sanjar Isaqulovning hukmidagi xato va noaniqlik holatlari böyiça xizmat tekşiruvi ötkaziş belgilangan.
Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmatining qöşimça qilişiça, xizmat tekşiruvi Kun.uz’da e’lon qilingan maqolada keltirilgan holat doirasida bölib, unda hukmning qonuniyligi körib çiqilmaydi.
“Toşkent viloyat sudlari sudyalari malaka hay’ati tomonidan ötkaziladigan xizmat tekşiruvi maqolada bayon qilingan holat doirasida bölib, unda R.B. va boşqalarga oid hukmning qonuniyligi körib çiqilmaydi. Çunki qonunga muvofiq, sud hujjatlariga, taraflarning şikoyatidan (protesti) kelib çiqib, faqat yuqori sud instansiyasi tomonidan huquqiy baho beriladi.
Toşkent viloyati sudining ma’lum qilişiça, hukmga nisbatan (2024 yil 23 yanvar holatiga) şikoyat (protest) kelib tuşmagan”, deyiladi kengaş munosabatida.
Kun.uz oldinroq jinoyat işlari böyiça Oqqörğon tuman sudi raisi Sanjar Isaqulovning hukmida son-sanoqsiz orfografik va grammatik xatolar, mazmun jihatdan telba-teskari jumlalar işlatilib, odam taqdiriga daxldor hujjatga qöl uçidagi munosabat qilinayotgani haqida maqola e’lon qilgan edi.
Maqolada S.Isaqulov raisligida körilgan işlardan biri – ikki erkakning “jin çiqariş” paytida 42 yoşli ayolni öldirib qöyişi bilan boğliq jinoyat işi hukmidan misollar keltirilgandi.
Jumladan, hukmda sudlanuvçining körsatmasi şunday örinlar bor:

















