Samarqandga Xitoydan 100 ta Yutong elektrobuslari olib kelinadi

Foto: Toshshahartransxizmat
Samarqand viloyatiga Xitoyning Yutong elektrobuslaridan 100 dona olib kelinadi. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida elektrobuslar xarid qilish va zarur infratuzilmani yaratish loyihasi amalga oshiriladi.
Uch yillik loyihaning umumiy qiymati 61,99 million dollarni tashkil etadi. YeTTB 18 yil muddatga, jumladan, uch yillik imtiyozli davrga 49 million dollar miqdorida kredit ajratadi.
Qolgan mablag‘ O‘zbekiston hukumati tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash va bojxona imtiyozlarini berish orqali moliyalashtiriladi.
Shuningdek, «Samarqandyo‘lovchitrans» Xitoyning Yutong Bus Co., Ltd kompaniyasi bilan 29,7 million dollarga 100 ta elektrobus va 50 ta quvvatlantirish stansiyasi sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Yangi elektrobuslar to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlangan oddiy shahar avtobus yo‘nalishlariga yalpi shartnoma asosida yetti yil muddatga ajratiladi.
Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda elektrobuslar xarid qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish topshirilgan. Ulardan Nukus va viloyat markazlarida jamoat transportida foydalanish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoda shifoxonaga zarba oqibatida o‘nlab qurbonlar borligi aytilmoqda
Jahon | 15:57
-
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49
-
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
Jamiyat | 15:44
-
O‘zbekiston va YeI afg‘on kelishuvi masalasida muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 15:43
Mavzuga oid

10:36 / 14.02.2025
Toshkentga yana 1000 ta Yutong avtobuslari olib kelinishi mumkin

11:50 / 08.02.2025
Toshkentda elektrobus va Cobalt to‘qnashdi

08:30 / 13.01.2025
Mahalliy tadbirkorlar elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarishni boshlaydi

20:43 / 08.12.2024