Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 02:20 larda Çilonzor  tumani Bunyodkor köçasi Çilonzor buyum bozori qarşisida yöl-transport hodisasi kuzatildi.

Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, 2004 yilda tuğilgan A.T. boşqaruvida bölgan "Malibu-2" rusumli avtomaşinasi hamda 1997 yilda tuğilgan B.B. boşqaruvida bölgan "Spark" rusumli avtomaşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

YTH natijasida "Spark" rusumli avtomaşina haydovçisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, "Spark"ning 1 nafar yölovçisi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.

"Barça yöl harakati qatnaşçilaridan qoidalarga rioya qilişlarini söraymiz", deyiladi xabarda.