Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada suv ta’minoti xodimiga pichoq bilan hujum qilgan shaxslar ushlandi
Suv ta’minoti xodimlari qarzni undirishga borganda hujumga uchragan.
Hodisa Farg‘ona viloyatida “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ xodimiga tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlangan. IIB axborot xizmatining xabar berishicha hodisa Buvayda tumanida sodir bo‘lgan.
“Farg‘ona suv ta’minoti” MChJning Buvayda tuman bo‘limi xodimlari “Qoratepa” MFYda yashovchi T.K.ning yashash xonadoniga qarzdorlikni undirish uchun borgan.
Shunda T.K. va uning ukasi N.K. suv ta’minoti xodimlarini haqorat qilib, pichoq bilan hujum qilgan va tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan MJtKning 183, 185 va 187-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJning Quvasoy shahar filiali nazoratchisi bo‘lgan ayolni haqorat qilgan shaxs 10 sutkaga qamalgandi.
Mavzuga oid
11:20
So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
09:00 / 08.07.2026
Farg‘onada qariyb 6 kg «gashish» musodara qilindi
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
17:55 / 03.07.2026