Prezident 29 yanvar kuni bölib ötgan yiğilişda noqonuniy quriliş işlari haqida gapirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar qildi.
Qayd etilişiça, 2023 yilning özida 4 mingga yaqin bunday holat aniqlangan.
Şuningdek, sönggi ikki yilda köp qavatli uylarga tutaş maydonlarda 7 mingdan ortiq özboşimça quriliş bölgan, yana 5 mingta holatda umumiy foydalanişdagi joylar tösib olingan.
Hududlarda, ayniqsa, Toşkent şahrida köp qavatli uylar atrofida noqonuniy avtomobillar uçun töxtaş joylari qilib, «blokator»lar örnatiş avj olmoqda, deyiladi xabarda.
Yiğilişda mutasaddilar aholi punktlarining boş rejalari va batafsil rejalaştiriş loyihalarini işlab çiqişni öz holiga taşlab qöygani tanqid qilindi.
«Boş rejasi bor hududlarda ham quriliş işlari pala-partiş taşkil etilmoqda, Quriliş vazirligida buni nazorat qiladigan tizim işlamayapti», dedi davlat rahbari.
Umuman, köçalarning yagona qiyofasiga amal qiliş tizimi yöqligi, turli uslubdagi binolar yonma-yon qurilib, şaharlarning arxitektura qiyofasi buzilayotgani qayd etildi.
Yiğilişda özboşimçalik bilan va noqonuniy qurilgan obektlarni tartibga oliş böyiça mutlaqo yangi tizim joriy qilinişi belgilandi. Bunda, Quriliş vazirligi, Kadastr agentligi va «Özbekkosmos» boşçiligida respublika komissiyasi tuziladi.
Komissiya muntazam ravişda hududlarning aero va kosmik suratlarini olib, tahlil qiladi va oldingi suratlar bilan tafovutlarni aniqlaydi va noqonuniy qurilişlar röyxatini şakllantiradi.
Quriliş vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga joriy yilda 170 ta, kelasi yilda esa kamida 300 ta şahar va şaharçaning boş rejasini işlab çiqişga topşiriq berildi.
Şuningdek, har bir işlab çiqilgan rejani aholi bilan muhokama qiliş va ijrosi böyiça jamoatçilik nazoratini örnatiş muhimligi ta’kidlandi. Buning uçun «Mening hududim» platformasi işga tuşirilib, şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqişda jamoatçilik fikrini örganiş va ovoz beriş mexanizmini joriy qiliş topşirildi.

















