Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda davlat korxonasi va MChJ mas’ullari asfalt yotqizishda qo‘shib yozib, 2,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yubordi
Holat prokuratura departamenti tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda “T.A” MChJ rahbari A.T va “Surxondaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK mas’ul shaxslari tumandagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizishda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 2,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “H.d.” MChJ rahbari “B.” MFY hududidagi ko‘chalarda oqova suv tarmog‘ini rekonstruksiya qilishda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 253,9 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026