29 yanvar kuni Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasida Özbekiston Respublikasining “Soliq kodeksiga qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonuni muhokama qilindi. Senatorlar qonun bilan joriy etilayotgan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini ham körib çiqdi.

Unga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan yangi iş örinlari sonidan kelib çiqib, ularga soliq imtiyozlari joriy etilyapti.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori örinbosari Umid Hamroyev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida dastur orqali tadbirkorlar ega böladigan imtiyozlar borasida gapirib berdi.

— Dasturga kimlar a’zo böla oladi?

— 93-sonli prezident farmoni bilan kambağallikni qisqartirişga qaratilgan normalar kiritilmoqda. Unga köra, 20 ming tadbirkor tomonidan 500 ming iş örni yaratilişi kerak. “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali işçi” degan platforma (dastur) yaratiladi. Tadbirkor bu dasturga a’zo böladi. Dasturga 2 yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan va davlat uluşiga ega bölmagan tadbirkorlik sub’yektlarigina a’zo böla oladi. Aytiş kerakki, bu dasturga a’zolik ixtiyoriy bölib, unga işçi örinlarini yaratiş maqsadida a’zo bölgan tadbirkorlar ma’lum soliq imtiyozlariga ega böladi.

– Qanday imtiyozlar berilyapti?

– Barça soliqlardan (QQS va jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan taşqari) bir yilgaça tölov ta’minotlarisiz, foizlarsiz bölib bölib tölaş imkoniyati beriladi. Dasturga a’zo bölgan tadbirkorlarga soliqlarni bölib tölaş imkoniyati quyidagi kategoriyalar miqyosida beriladi:

  • 51 tadan 100 tagaça iş örni yaratsa, 3 oygaça;
  • 101 tadan 200 tagaça iş örni uçun 6 oygaça;
  • 200 tadan ziyod işçi örni uçun 12 oygaça.

Yana bir imtiyoz bor. Bunda tadbirkor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiradigan fuqarolarni işga olsa va bu toifadagi xodimlar umumiy xodimlar sonining 20 foizini taşkil qilsa, mol-mulk va yer soliğidan imtiyoz berilyapti. Bu imtiyoz şundan iboratki, reyestrga kiradigan fuqarolar uçun:

  • 51 tadan 100 tagaça iş örni yaratsa, mol-mulk va yer soliğining 50 foizini tölaydi (şunda mol mulk va yer soliğining 50 foizini tölaşdan ozod böladi);