Ijtimoiy tarmoqlarda Şerobod tumanida barpo etilayotgan quyoş fotoelektr stansiyasida kuçli şamol tufayli quyoş panellariga zarar yetgani haqida xabarlar va video tarqaldi.
Videoda oyoq ostiga qulab tuşib, yaroqsiz holga kelgan köplab quyoş panellarini köriş mumkin.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, holat 2024 yil 28 yanvar kuni yuz bergan. Fotoelektr stansiyasi hududida sodir bölgan kuçli şamol tufayli hali töliq örnatilmagan quyoş panellarining 91 donasi yerga tuşib ketgan.
Hozirgi vaqtda ularning texnik holati örganilmoqda va yaroqli panellarni örnatiş işlari ketmoqda.
Ma’lum qilinişiça, loyiha doirasida 1 millionga yaqin quyoş panellarining örnatilişi közda tutilgan. Quriliş jarayoniga ikki mingdan ortiq mahalliy aholi jalb etilgan.
Quriliş jarayonida quyoş panellarining yaroqsiz holatga kelişi mumkinligi e’tiborga olingan bölib, qöşimça quyoş panellari zaxira sifatida olib kelingan.
“Aytiş kerakki, mazkur loyiha BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan 100 foiz xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oşirilmoqda va unga Özbekiston tomonidan heç qanday mablağ ajratilmagan. Mahalliy jamoatçilik faollaridan ijtimoiy tarmoqlarda notöğri va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.
















