Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida joylaşgan qişloqda 50 santimetr qor yoğgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari xabar bermoqda.
Ma’lum bölişiça, yarim metr qor Kitob tumanining toğli hududida joylaşgan Aspiduxtar qişloğida yoğgan.
“Qor hali ham yoğişda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, Kitob, Şahrisabz va Dehqonobod tumanlarining olis toğli qişloqlarida tez-tez qalin qor yoğişi kuzatiladi.

Bundan bir neça yil oldin Şahrisabz tumanida joylaşgan Köl qişloğiga olib boradigan yöl qalin qor yoğişi tufayli yopilib qolgandi.
Şuningdek, ötgan yili Dehqonobod tumanining olis toğli hududida joylaşgan Dökonxona qişloğida bir metr qalinlikda qor yoğgani aytilgandi.

















