Najot yomğirlari
Qariyb 2 oydan beri Toşkent şahri aholisi zaharli havodan nafas olyapti. Poytaxtdagi 5 mingdan ortiq obektning kömir va mazut yoqayotgani va boşqa sabablar havo tarkibida PM2.5 zaharli zarraçasining 20-30 va ba’zan undan ham köproq marta ortişiga sabab bölyapti. 27-29 yanvar kunlari yoğgan yomğir va qor şahar havosini yaxşiladi. 29 yanvar kuni hatto Toşkent havosi dunyoning eng toza havoli şaharlari TOP20 taligiga ham kirdi. Köpçilik vaqtinçalik bölsa ham toza havo borligidan mamnun. Biroq tuproq va suvni öşa köpçilik safiga qöşib bölmaydi.
Havo tarkibidagi zaharli PM2.5 zarraçasini tinimsiz yoğgan yomğirlar yerga olib tuşayotgani bu zarraçalar yöqolib ketdi degani emas. Ular şunçaki yerga va suvga qöndi xolos. PM2.5 yer va suv uçun qanday xavfli bölişi mumkin?
Bir neçta zaharli moddalar yiğindisi
Havo tarkibidagi PM bu yagona zarraça emas, balki bir neça kimyoviy moddalarning qöşiluvidan yuzaga keladi, deyiladi Kaliforniya Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi ma’lumotida. Zarraçalar hajmi, şakli va kimyoviy tarkibi jihatidan xilma-xil bölib, ular tarkibida noorganik ionlar, metall birikmalar, elementar uglerod, organik birikmalar va yer qobiğidagi birikmalar bölişi mumkin.
PM2.5ning eng asosiy manbalari esa yonilği va yoqilğilar hisoblanadi. Bularga içki yonuv dvigatellari, kömir, qönğir kömir, neft mahsulotlari, mazut yoquvçi zavodlar; qurilişlar, foydali qazilmalar qazib oliş, sement, keramika mahsulotlari, ğişt, metall eritiş jarayonlari kabilar kiradi. Oldingi maqolalarda uning inson salomatligiga ta’siri haqida ma’lumot berilgan edi.
Tuproq unumdorligi pasayadi













