Loyihaga ko‘ra, 2024 yil dekabrga qadar qonunosti hujjatlari bilan joriy etilgan majburiy to‘lovlar va yig‘imlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni yagona qonun hujjati darajasida belgilash choralari ko‘riladi.

Bundan tashqari, 2024 yil 1 iyuldan boshlab, nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga: 

  • xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash xarajatlari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzuridagi Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi;
  • nufuzli brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun, mamlakatda qo‘shilgan qiymat ulushini kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan, zarur bo‘lgan barcha xomashyolar bojxona bojidan ozod etiladi;
  • yirik brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislardan O‘zbekistonda ishlaganlik uchun to‘lovlar undirilishi bekor qilinadi.

1 maydan e’tiboran, tadbirkorlik sub’yektlari uchun aylanma mablag‘larini shakllantirishda qo‘shimcha qulayliklar va moliyaviy yengilliklar yaratish maqsadida eksport amaliyoti bo‘yicha akkreditivni garovga olish orqali qo‘shimcha kredit va lizing berish tartibini yo‘lga qo‘yish reja qilingan.