“Örmonquriliş” DUK va Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz mutasaddilari pora olgani uçun uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Farğona viloyatida röyxatdan ötgan tadbirkorlik sub’yektining murojaati asosida Örmon xöjaligi agentligi huzuridagi “Örmonquriliş” DUK va Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi sohasida strategik rivojlaniş va tadqiqotlar xalqaro markazida tekşiriş ötkazilgan.

Tekşirişda uşbu taşkilotlarning mansabdor şaxslari özaro jinoiy til biriktirib, tadbirkordan quriliş loyihalari böyiça pudrat şartnomalarini rasmiylaştiriş evaziga tamagirlik yöli bilan 43 ming dollar va 111,5 mln sömni pora tariqasida qölga kiritişgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlariga kirişildi.

“Agarda Siz Örmon xöjaligi agentligi huzuridagi “Örmonquriliş” DUK va Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi sohasida strategik rivojlaniş va tadqiqotlar xalqaro markazidagi xodimlarning mansab vakolatlarini suiiste’mol qiliş va boşqa korrupsiyaviy qilmişlarda ifodalangan noqonuniy xatti-harakatlaridan jabr körgan bölsangiz Boş prokuraturaga murojaat qilişingizni söraymiz”, deyiladi Boş prokuratura xabarida.