Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumani hududida joylaşgan qişloqda qalin qor yoğgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Şahrisabz tumanining olis toğli hududida joylaşgan Köl qişloğida 5 kundan buyon qor yoğmoqda va uning qalinligi qariyb bir metrga yetgan.
Qayd etilişiça, tuman hokimligi tomonidan yoqilği zaxirasi şakllantirilib, qişloq aholisi tuman markazidan uzilib qolmasligi uçun yöllar maxsus texnikalar yordamida muntazam qordan tozalanmoqda.

“Bu vaziyat aholining turmuş tarziga salbiy ta’sir etayotgani yöq. Tuman hokimligining taşabbusi bilan aholining ehtiyojlari örganilib, yetarli miqdorda arzonlaştirilgan kömir yoqilğisi yetkazib berilgan. Ijtimoiy soha obektlari ham barqaror işlamoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Kitob tumanining olis toğ hududida joylaşgan Aspiduxtar qişloğida yarim metr qor yoğgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uçun, Kitob, Şahrisabz va Dehqonobod tumanlarining olis toğli qişloqlarida tez-tez qalin qor yoğişi kuzatiladi.
Bundan bir neça yil oldin qalin qor tufayli Köl qişloğiga olib boradigan yöl yopilib qolgandi.
Şuningdek, ötgan yili Dehqonobod tumanining olis toğli hududida joylaşgan Dökonxona qişloğida bir metr qalinlikda qor yoğgani aytilgandi.

















