Nurota tumanining toğoldi qişloqlarida qor böroni kuzatilgan. Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlarni berib boruvçi Uzb Meteo kanali tumanning Tikanli qişloğida olingan lavhani e’lon qildi.

Lavhada körinişiça, hududda şamol tezligi va qor böroni ança kuçli bölgan. 

Özgidromet xabariga köra, bugun Buxoro, Navoiy, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yoğadi. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s.gaça kuçayişi mumkin.  

Oldinroq Navoiyda anomal sovuq ham kuzatilgandi. Öşanda viloyat şimolidagi “Oqbaytal” kuzatuv stansiyasida 17 daraja sovuq qayd etilgan edi.